(Ўзбекча) Aptis ro’yxatdan o’tish – Ilm va faktlar

(Ўзбекча) Aptis ro’yxatdan o’tish

Извините, этот техт доступен только в “Ўзбекча”. For the sake of viewer convenience, the content is shown below in the alternative language. You may click the link to switch the active language.

Aptis imtihoni uchun to’ldirishingiz kerak bo’lgan “Application form”. Kompyuterda oching imkonini qilsangiz.

Aptis_esol_application_form_british_council_uzbekistan_1

Aptis imtihoni sanalari va ro’yxatdan o’tishlik uchun so’nggi muddatlar (imtihonlar British Council tomonidan hozircha faqat Toshkent shahrida tashkillashtirilayotgan ekan):

9 va 23-dekabr (“deadline” 4 va 18-dekabr)
13 va 27-yanvar (“deadline” 8 va 22-yanvar)
10 va 24-fevral (“deadline” 5 va 19-fevral)
10 va 24-mart (“deadline” 5 va 19-mart)

“Deadline” qachon amal qiladi? Qachonki ma’lum bir sanadagi imtihon uchun joylar qolgan bo’lsa. Shuning uchun avvaldan imkon qadar tezroq ro’yxatdan o’tib qo’ying.

Imtihonga ro’yxatdan o’tish bosqichlari.

1. “Applocation form”ni kompyuterda to’ldirib, rasmini/skrinshotini telefoningiz (yoki kompyuteringiz) galereyasiga yuklab turasiz (quyidagi videoda qanday to’ldirish haqida tushuntirish berilgan).

2. Telefoningiz (yoki kompyuteringiz) galereyasiga pasportingizni / IDyingizni rasmga olinganini tayyorlab qo’yasiz.

3. “British Council” ning mana bu hisob raqamiga har qanday bankdan — 2029 6000 9048 4475 4001 (STIR: 207066588, MFO: 00842) yoki Payme, Click kabi ilovalardan ham to’lov qilsangiz bo’larkan. Imtihon uchun to’lov 1,300,000 (bir million uch yuz ming).
Imtihonga to’lov qilayotganda albatta Aptis Esol For Teachers uchun degan yozuvni kiritib ketishingiz shart ekan. To’lov qilayotgan paytingiz imtihon sanasini albatta ko’rsatishingiz shart ekan, masalan, 9-dekabr. Bankdan to’lov qilayotganingizda albatta quyidagilarni kiritishni so’rang bank xodimidan — Aptis Esol for Teachers imtihoni uchun, ism-familiya, imtihon o’tkaziladigan shahar, test sanasi. Bank xodimi Sizga to’lov kvitansiyangizni beradi. “Qovun tushirib qo’ymaslik” nuqtai-nazaridan faqat banklar orqali to’lov qilishlikni tavsiya qilaman.

4. Endi yuqoridagi uchta hujjatni — “application form”ingizni, pasportingiz rasmini va to’lov qilganingiz chekini quyidagi elektron pochtaga har qanday gmail/email/icloud pochtalar orqali yuborasiz — info@britishcouncil.uz

 

Manba: https://t.me/TKT_Aptis_Multilevel_with_Bekzod

Понравилось? Пожалуйста поделитесь с друзьями.