(Ўзбекча) Boshqaning kreditiga kafil bo‘lgandan keyin afsuslansangiz – Ilm va faktlar

(Ўзбекча) Boshqaning kreditiga kafil bo‘lgandan keyin afsuslansangiz

Извините, этот техт доступен только в “Ўзбекча”. For the sake of viewer convenience, the content is shown below in the alternative language. You may click the link to switch the active language.

Boshqaning kreditiga kafil bo‘lgandan keyin afsuslansangiz, ne qilish mumkin?

Kafilning javobgarligi qanday?

⚖️ O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik Kodeksining 293-moddasiga muvofiq, kafil qarz oluvchi bilan solidar javobgar hisoblanadi.
🛫 Agar qarzdor qarzni to‘lamasa, bank qarzni kafildan undirishi mumkin.
⚡️ Qarz to‘liq qaytarilmaguncha, ham qarz oluvchi, ham kafil javobgar bo‘ladi.

📌 Solidar javobgarlik qarzni to‘lashda kim ko‘proq to‘laydi, deb ajratmaydi — hammasini kafil ham to‘lashga majbur bo‘lishi mumkin.
Kafillikdan voz kechish mumkinmi?

❔ Ko‘pchilik shartnomani imzolagandan keyin tushunib yetadi va orqaga qaytmoqchi bo‘ladi.
❗️ Ammo kafillikdan faqat bank va qarz oluvchining roziligi bilan voz kechish mumkin.

🔒 Amaliyotda esa, banklar bunday rozilikni berishga tayyor emas.
Kafillik qachon bekor qilinadi?

✅ Quyidagi hollarda kafillik bekor qilinadi:
✔️ Qarz to‘liq qaytarilganda
✍️ Kafilning roziligisiz shartnoma o‘zgartirilsa (masalan, foiz stavkasining oshirilishi)
⏳ Kafillik shartnomasining muddati tugaganda
🔵 Qarz kafil roziligisiz boshqa shaxsga o‘tkazilsa

Shuning uchun kafil bo‘lishdan avval yuz marta o‘ylang!

 

 

Manba

Понравилось? Пожалуйста поделитесь с друзьями.