(Ўзбекча) Jarima ballari haqida savol-javoblar – Ilm va faktlar

(Ўзбекча) Jarima ballari haqida savol-javoblar

Извините, этот техт доступен только в “Ўзбекча”. For the sake of viewer convenience, the content is shown below in the alternative language. You may click the link to switch the active language.

❓Savol: jarima ball kimga yoziladi: mashina egasigami yoki ruldagi shaxsga?

✅ Javob: Avtomobil uning egasidan boshqa shaxs boshqaruvida bo‘lgan paytda qoida buzilgan bo‘lsa, jarima ballari aynan ruldagi haydovchiga hisoblanadi. Bu esa ishonchnoma, sug‘urta polisi yoki yo‘l varaqasi orqali aniqlanadi.

Bunda jarima balini ruldagi odam nomiga taqsimlash huquqi ham mavjud, ya’ni o‘zidan o‘chirib, ruldagi odamga yozdirish;

❓Savol: Mashinamni ijaraga bergan bo‘lsam, jarimasi menga keladimi?

✅ Javob: agar mashinangizni ijaraga bergan bo‘lsangiz, unda E-jarima ball tizimi orqali ijaraga olgan odamni kiritib qo‘ysangiz bo‘ladi, shunda jarima ballari to‘g‘ridan-to‘g‘ri mashinangizni ijaraga olib haydayotgan odamga yoziladi.

❓Savol: intizomli haydovchilar uchun jarima ball tizimida imtiyozlar bormi?

✅ Javob: agar 12 oy davomida qoida buzmagan bo‘lsangiz, rag‘batlantirish sifatida keyingi yilda sodir etgan birinchi qoidabuzarligingiz uchun jarima ball yozilmaydi.

6 oy davomida qoida buzmagan haydovchidan rag‘batlantirish tarzida 2 jarima bali chegirib tashlanadi.

Понравилось? Пожалуйста поделитесь с друзьями.