(Ўзбекча) Oʻzbekistonning 22 ta oliy taʼlim tashkiloti Osiyoning eng yaxshi universitetlari reytingidan joy oldi – Ilm va faktlar

(Ўзбекча) Oʻzbekistonning 22 ta oliy taʼlim tashkiloti Osiyoning eng yaxshi universitetlari reytingidan joy oldi

Извините, этот техт доступен только в “Ўзбекча”. For the sake of viewer convenience, the content is shown below in the alternative language. You may click the link to switch the active language.

4-noyabr kuni nufuzli QS Quacquarelli Symonds agentligi tomonidan eʼlon qilingan Osiyoning eng yaxshi universitetlari reytingi — QS Asia University Rankings 2026 roʻyxatidan Oʻzbekistonning 22 ta oliy taʼlim tashkiloti joy oldi. Shulardan 8 tasi oʻz oʻrnini oʻtgan yilgi natijalarga nisbatan yaxshilagan.

Ushbu natija mamlakatimiz oliy taʼlim tizimida olib borilayotgan islohotlar va xalqaro hamkorlikni kengaytirish yoʻlidagi saʼy-harakatlarning amaliy samarasidir.

Ma’lumot uchun, mazkur reytingda Osiyoning 25 ta mamlakat va hududidan 1500 dan ortiq universitetlar baholangan. Ulardan 557 tasi ilk bor roʻyxatga kiritilgan.

Reyting mezonlari ilmiy salohiyat, xalqaro nufuz, bitiruvchilarning bandlik darajasi, o‘quv jarayonining sifat ko‘rsatkichlari hamda xalqaro hamkorlik faoliyatiga asoslanadi.

QS Asia University Rankings 2026’da Oʻzbekiston OTMlari natijalari:
👉https://gov.uz/oz/edu/news/view/99595

 

 

Manba

Понравилось? Пожалуйста поделитесь с друзьями.