(Ўзбекча) Qanday pedagoglarga malaka toifasi to’g’ridan-to’g’ri (attestasiyadan o’tkazilmasdan) beriladi? – Ilm va faktlar

(Ўзбекча) Qanday pedagoglarga malaka toifasi to’g’ridan-to’g’ri (attestasiyadan o’tkazilmasdan) beriladi?

Извините, этот техт доступен только в “Ўзбекча”. For the sake of viewer convenience, the content is shown below in the alternative language. You may click the link to switch the active language.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 17.09.2021 yildagi 572-son qarori (https://lex.uz/docs/-5641270)ga 8-bandiga ko’ra, Ta’lim tashkilotlarining quyidagi pedagog kadrlariga malaka toifasi (lavozim) to’g’ridan-to’g’ri (attestasiyadan o’tkazilmasdan) beriladi:

❇️ Tuman (shahar) miqyosidagi sport musobaqalarining birinchi o’rin sovrindorlarini tayyorlagan ta’lim tashkilotlari jismoniy tarbiya fani o’qituvchilariga — ikkinchi malaka toifasi (katta o’qituvchi lavozimi);

❇️ Qoraqalpog’iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri miqyosidagi sport musobaqalarining birinchi o’rin sovrindorlarini tayyorlagan ta’lim tashkilotlari jismoniy tarbiya fani o’qituvchilariga — birinchi malaka toifasi (yetakchi o’qituvchi lavozimi);

❇️ xalqaro hamda respublika miqyosidagi sport musobaqalarining birinchi, ikkinchi va uchinchi o’rin sovrindorlarini tayyorlagan ta’lim tashkilotlari jismoniy tarbiya fani o’qituvchilariga — oliy malaka toifasi (bosh o’qituvchi lavozimi);

❇️ xalqaro matematika (IMO), fizika (IPhO), kimyo (IChO), biologiya (IBO) informatika (IOI) olimpiadalarida oltin, kumush yoki bronza medal (birinchi, ikkinchi va uchinchi o’rin) sovrindorlarini tayyorlagan ta’lim tashkilotlarining pedagog kadrlariga — oliy malaka toifasi (bosh o’qituvchi lavozimi).

❇️ OLIY MALAKA TOIFASIGA (bosh o‘qituvchi lavozimiga) EGA BO’LGANDAN SO’NG oliy malaka toifasini (bosh o‘qituvchi lavozimini) 15 YIL DAVOMIDA saqlab kelgan va UZLUKSIZ ish stajiga ega bo‘lgan pedagog kadrlarga — oliy malaka toifasi (bosh o‘qituvchi lavozimi)

❇️ Pedagogik faoliyati bo’yicha 25 YIL va undan ko’p stajga ega bo’lgan va yoshga doir pensiyaga chiqishi uchun 5 yildan ko’p bo’lmagan vaqt qolgan pedagog kadrlarga ularning AMALDAGI malaka toifasi to‘g‘ridan to‘g‘ri (attestatsiyadan o‘tkazilmasdan) beriladi.

Понравилось? Пожалуйста поделитесь с друзьями.