(Ўзбекча) Uyingizni uch yil ichida sotib yuborsangiz daromad solig’iga tortilasiz – Ilm va faktlar

(Ўзбекча) Uyingizni uch yil ichida sotib yuborsangiz daromad solig’iga tortilasiz

Извините, этот техт доступен только в “Ўзбекча”. For the sake of viewer convenience, the content is shown below in the alternative language. You may click the link to switch the active language.

OLGAN UYINGIZNI UCH YIL ICHIDA SOTIB YUBORSANGIZ DAROMAD SOLIGʻIGA TORTILASIZ

📄  Soliq kodeksining 378-moddasida,

➖ soliq to‘lovchilarga xususiy mulk huquqi asosida tegishli bo‘lgan mol-mulkni sotishdan olinadigan daromadlari daromad solig‘iga tortilmasligi belgilangan. Biroq, mazkur moddada noturar joylarni xamda 36 kalendar oydan kam muddatda soliq to‘lovchining mulkida bo‘lgan turar joylarni sotishdan olinadigan daromadlari bundan mustasno qilib ko‘rsatilgan.

✏️ Ya’ni, aytaylik Siz turar joy sotib oldingiz va 36 kalendar oy, ya’ni 3 yil o‘tmasdan o‘sha turar joyingizni sotsangiz Siz daromad solig‘i to‘lashingizga to‘g‘ri keladi. Agar uch yil o‘tib keyin sotadigan bo‘lsangiz bunday soliq to‘lamaysiz. Noturar joylarga nisbatan esa “Pushkin bir jahon”. Olgan kuningizni ertasiga sotsangiz xam daromad solig‘i to‘laysiz, uch yil tugagan kunning ertasiga sotsangiz xam baribir to‘layverasiz. O‘n yil o‘tib sotsangiz xam parqi yo‘q…

 

 

 

 

@yuristdan_javob_bot

Понравилось? Пожалуйста поделитесь с друзьями.