(Ўзбекча) Xodimlarini “open budjet”ga ovoz berishga majburlagan mansabdorlarga qanday chora ko‘riladi? – Ilm va faktlar

(Ўзбекча) Xodimlarini “open budjet”ga ovoz berishga majburlagan mansabdorlarga qanday chora ko‘riladi?

Извините, этот техт доступен только в “Ўзбекча”. For the sake of viewer convenience, the content is shown below in the alternative language. You may click the link to switch the active language.

Xodimlarini “open budjet”ga ovoz berishga majburlagan mansabdorlarga qanday chora ko‘riladi?

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-117-son qarori 6-bandiga asosan, tashabbusli budjetlashtirish jarayonlari doirasida budjet tashkilotlarining rahbar xodimlari tomonidan majburiy ovoz yig‘ish bo‘yicha xodimlarga topshiriq berishlari taqiqlanadi. Bu majburiy mehnatga jalb qilish sifatida tasniflanadi.

Mehnat kodeksining 5-moddasiga asosan majburiy mehnat taqiqlangan. Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 51-moddasiga muvofiq mehnatga biron-bir shaklda ma’muriy tarzda majburlash bazaviy hisoblash miqdorining 50 baravaridan 100 baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.

Xuddi shu harakat takroran yoki voyaga yetmagan shaxsga nisbatan sodir etilsa, Jinoyat kodeksining 148²-moddasiga asosan javobgarlikka tortiladi.

❗️Majburiy mehnatga jalb qilish holatlariga duch kelsangiz Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligining 71 200-06-00 ishonch telefoniga qo‘ng‘iroq qiling.

 

 

Manba 

Понравилось? Пожалуйста поделитесь с друзьями.