Извините, этот техт доступен только в “Ўзбекча”. For the sake of viewer convenience, the content is shown below in the alternative language. You may click the link to switch the active language.
- Ahil ishlasang, ish unar,
Har mushkul oson bo’lar.
- Ahil oila — baxtli,
Noahil oila — vaqtli.
- Ahillikda ish bitar,
Ish bitsa ham, qish bitar.
- Baraka — inoqlikda,
Boqiylik — quvnoqlikda
- Boylik boylik emas,
Ahillik — boylik.
- Yolg’iz aql o’zi yaxshi,
Ikki bo’lsa, yana yaxshi.
- Inoqlik jon kiritar.
- Ittifoq bitar, noittifoq yitar.
- Ko’mak bo’lsa har ishga,
Bitadi qolmay qishga.
- Mayizni bo’lib yesa, qirq kishiga yetar.
- Og’a-ini totuv bo’lsa, ot ko’p,
Opa-singil totuv bo’lsa, osh ko’p.
- Uyurli qo’ydan bo’ri ham qo’rqar.
- Qars ikki qo’ldan chiqar.
- Qo’llashib ko’targan yuk yengil.
- Hamjihatlik — davlat,
Yolg’izlik – kulfat.
- Bo’rini ko’rsa, ovul iti birlashar.
- Birlashgan daryo bo’lar,
Tarqalgan irmoq bo’lar.
- Birlashgan yovni qaytarar.
- Birlashgan kuch yengilmas.
- Birlashgan — o’zar,
Birlashmagan — to’zar.
- Birlikda baraka bor.
- Baraka — ko’pchilikda.
- Yolg’iz daraxt o’rmon bo’lmas.
- Bir kalla — kalla,
Ikki kalla — tilla.
- Bir kishi ming kishi uchun,
Ming kishi bir kishi uchun.
- Hikmat — birlikda
- Egachi-singil inoqligi —
Oilaning quvnoqligi.
Manba
Понравилось? Пожалуйста поделитесь с друзьями.