(Ўзбекча) Avgust oyidan barcha xorijiy til o’qituvchilarida eng kamida B2 darajadagi sertifikat bo’lishi shart! – Ilm va faktlar

(Ўзбекча) Avgust oyidan barcha xorijiy til o’qituvchilarida eng kamida B2 darajadagi sertifikat bo’lishi shart!

Извините, этот техт доступен только в “Ўзбекча”. For the sake of viewer convenience, the content is shown below in the alternative language. You may click the link to switch the active language.

Avgust oyidan barcha xorijiy til o’qituvchilarida eng kamida B2 darajadagi sertifikat bo’lishi shart!

Vazirlar Mahkamasining 312-sonli (https://lex.uz/docs/-5431845) XORIJIY TILLARNI O‘RGANISHNI OMMALASHTIRISHNI SAMARALI TASHKIL ETISH CHORA-TADBIRLARI TO‘G‘RISIDAgi qarori 9-bandiga ko’ra, 2024-2025-o’quv yilidan umumiy o‘rta, o‘rta maxsus va professional ta’lim muassasalarida faoliyat yuritayotgan barcha xorijiy tillar o’qituvchilari kamida B2 darajadagi milliy yoki unga tenglashtirilgan xalqaro sertifikatga ega bo’lishlari lozimligi belgilangan. Lekin MMTV ning 31-iyul 2024-yildagi 03..12-1053-sonli xatiga ko’ra, B2 sertifikat olish talabi 2025-2026-o’quv yiligacha surilgan edi. (https://t.me/uzteachers/16399)

Keyingi o’quv yilidan, ya’ni 2025-2026-yildan barcha xorijiy til o’qituvchilaridan B2 sertifikat talab qilinadi. Shu sabab sertifikati yo’q ustozlar shu yil avgustgacha sertifikat olib qo’yishi maqsadga muvofiq bo’ladi.

Понравилось? Пожалуйста поделитесь с друзьями.