Ushbu sahifada baraka haqida o’zbekcha maqollar yozilgan. Foydalanilgan manba: «O’ZBEK XALQ MAQOLLARI, 2005, SHARQ» kitobi.
- Harakat, harakatda barakat.
- Barvaqt qilingan harakat,
Hosilga berar barakat. - Baraka — ko’pchilikda.
- Birlikda baraka bor.
- Insof — sari baraka.
- Insofi borning barakati bor.
- Mehmon kelgan uy — barakali.
- Baraka — inoqlikda,
Boqiylik — quvnoqlikda. - Baraka — tejamlikda,
Yutuq — ahillikda. - Sendan harakat, mendan barakat.
- Serjanjal uyda baraka yo’q.
- Qaring bor — barakang bor.
- Bahorgi harakat — kuzgi barakat.
- Vaqtli harakat — oxiri barakat.
- Yozgi harakat — kuzgi barakat.
- Qishning qahri — kuzga baraka.
- Mol ko’paysa, barakat ortar,
Mulla ko’paysa — oyat.
