(Ўзбекча) Erkaklar haqida maqollar – Ilm va faktlar

(Ўзбекча) Erkaklar haqida maqollar

Извините, этот техт доступен только в “Ўзбекча”. For the sake of viewer convenience, the content is shown below in the alternative language. You may click the link to switch the active language.

  1. Hunarli yigit — mevali daraxt.
  2. Yigitning baxtini mehnat ochar.
  3. Uyalgan yigit qizdan quruq qolar.
  4. Bir yigitga yetmish hunar oz.
  5. Bir yigitga qirq hunar oz.
  6. Yigit so’zi — bitta.
  7. Yigit borki, yetti pushtigacha nomi qolar,
    Yigit borki, yetti kunda nomi yo’qolar.
  8. Yigitga yig’i yarashmas.
  9. Yigitga mardlik yarashar.
  10. Yigitni bir so’zlik bezar.
  11. Yaxshi yigit yurt tuzar,
    Yomon yigit yurt buzar.
  12. Bir yigit — bir elga rizq.
  13. Yigitning botirini maydonda sina.
  14. Yigitning zehnli bo’lgani —
    Adashmay yo’lidan yurgani.
  15. Didli yigit — ilmli yigit.
  16. Yigit boshidan davlat yiroq emas.
  17. Yigit moli — yerda.
  18. Yo’li bo’lgan yigitga yo’ldan yo’ldosh qo’shilar.
  19. Har yigitga bir omad.
  20. Yosh yigitning ko’zi bilan qiz olma.
  21. Yigit ko’pni ko’rsa, odam bo’lar,
    Qa’da-qoyimni bilmasa — nodon.
  22. Yigitni or o’ldirar,
    Tuyani — sarbon.
  23. Yigitning moli bo’lguncha, ori bo’lsin.
  24. Yigitning zo’ri yer ochar.
  25. Yigitlik — bir guliston,
    Qarilik — bir zimiston.
  26. Yigitlik — umr gulshani.
  27. Yigitni yo’l boqar.
  28. Yigit g’ami elida,
    Elning g’ami dilida.
  29. Yigit degan er bo’lar,
    Mehnat ko’rsa, sher bo’lar.
  30. Hunarli er xor bo’lmas, Do’st-dushmanga zor bo’lmas.
  31. Xotin — uyning ziynati,
    Er — mehnati.
  32. Xotin — uy bezakchisi,
    Er — uy ko’makchisi.
  33. Erni er qiladigan ham xotin,
    Qaro yer qiladigan ham xotin.
  34. El ishini er qilur,
    Er qadrini el bilur.
  35. Er topuvchan bo’lsa,
    Xotin taquvchan bo’lar.
  36. Er yigit elga tortar.
  37. Elning ko’rki — er bilan,
    Erning ko’rki — ter bilan.
  38. Er — ishlagan yerda aziz.
  39. Sherni er yengar,
    Erni sher yengolmas.
  40. Qizga er topiladi,
    Yigitga yor topiladi.
  41. Chidamli er lochin tutar
  42. Shoshgan er uyiga yetolmas.
  43. Shoshmagan er oqqush tutar.
  44. Er — quyosh yo’ldoshi,
    Xotin — umr yo’ldoshi.
  45. Xotin — bo’yin, er — bosh.
  46. Xotin yaxshi — er yaxshi.
  47. Er — daladan, xotin — uydan.
  48. Er qayerda bo’lsa, xotin ham shu yerda.

 

 

Manba

Понравилось? Пожалуйста поделитесь с друзьями.