“Kun va tun” metodi
🌝Bu metodda o‘quvchilar kichik guruhlarga bo‘linadilar. 3-4ta guruhlar hosil qiling. Guruh a’zolari aylana tarzda bir-birlariga yaqinroq o‘tirishadi.
🌚O‘qituvchi ishtirokchilarga umumiy topshiriq beradi. Misol/masala/savolni hammaga o‘qib beradi.
🌝Topshiriq diqqat bilan tinglangach murabbiy “kun” va “tun” buyruqlarini birin-ketin bera boshlaydi.
🌚”Tun” deyilganda o‘quvchilar parta ustiga boshlarini qo‘yib, yotishadi. Va shu holatlarida topshiriqni muhokama qilishadi. Javobini o‘zaro qidirishadi.
🌝”Kun” deyilganda esa boshlarini ko‘tarishadi. “Tun” da bo‘lib o‘tgan muhokama natijasini, ya’ni savol javobini har bir a’zo o‘z oldidagi qog‘ozchaga yozadi. Muhokama, tahlil umumiy qilinadi, ammo javobni hamma o‘zi alohida-alohida yozib beradi.
🌚Bunda faqat “tun” da gaplashish mumkin. Kunduzi so‘z, imo-ishora ishlatish ta’qiqlanadi. “Kun” da har bir o‘quvchi o‘zi uchun savolning javobini tezlik bilan yozishga ulgurishi kerak.
🌝O‘qituvchi tomonidan “kun/tun” buyrug‘i tez-tez almashtirilib beriladi.
🌚Metod davomiyligi topshiriqning oson yoki murakkabligiga ko‘ra belgilanadi.
🌝Vaqt nihoyasiga yetgach guruhdagi har bir a’zo javobi yig‘ib olinib, tahlil qilinadi. Ishtirokchilar sonidan kelib chiqib jamoaning 70 foiz javobi to‘g‘ri yozilgan bo‘lsa, keyingi bosqichga o‘tishlari mumkin.
🌚Shu tarzda mashg‘ulot bir necha marotaba takrorlanadi.
🌝”Kun va tun”dan eson-omon o‘tib, g‘olib bo‘lgan jamoa taqdirlanadi.
🌚Mag‘lub jamoa “tun” ni behuda o‘tkazib, ilm olish bilan emas ko‘p uxlash bilan o‘tkazgan bo‘ladi. 😁
Afzalliklari:
🌞Darslikda mavzudan keyin berilgan savol-topshiriqlarni mana shunday tarzda qiziqarli qilib so‘rash mumkin.
🌞O‘quvchilar bilan kunlarimizni, tunlarimizni unumli tarzda bilim olish, yaxshi amallar bajarish bilan o‘tkazishimiz lozimligi haqida fikrlar yuritiladi.
🌞Tuni bilan telefon, kompyuterda keraksiz vaqt sarflayotgan yoshlar uchun foydali maslahatlar beriladi.
Bundan tashqari, muhokama qilingan ma’lumotlarni to‘g‘ri qo‘llash orqali o‘rinli javob berishadi. O‘quvchilarda an’anaviy holatda emas, noan’anaviy usulda zukkolik refleksi rivojlanadi.