- Mehmon kelgan uy — barakali.
- Mehmon kelgan uyning chirog’i ravshan.
- Mehmon — aziz, mezbon — laziz.
- Mehmon joyi ko’z ustida.
- Mehmon izzatda,
Mezbon xizmatda. - Mehmon kelar eshikdan,
Rizqi kelar teshikdan. - Yo’qcha guruch osh bo’ladi,
Mehmon ko’ngli shod bo’ladi. - Mehmon kelsa, pastga tush,
Palov bermoq ahdga tush. - Mehmonga osh qo’y,
Ikki qo’lini bo’sh qo’y. - Mehmonga shirin so’z ber.
- Mehmonxonang tor bo’lsa ham,
Mehri-diling keng bo’lsin. - Kelguncha mehmon uyalar,
Kelgandan so’ng mezbon uyalar. - Mehmon mezbonga aziz,
Mezbon — mehmonga. - Mehmon mehmonni sevmas,
Mezbon hammasini sevmas. - Mehmon oz o’tirar, ko’p ko’rar.
- Mehmonning otini asl derlar,
Uch kundan so’ng sasir derlar. - Mehmonning o’zi ham mehmon,
So’zi ham mehmon. - Oyda kelganga — oyoq,
Kunda kelganga — tayoq - Supurilmagan uyga mehmon kelar.
- Chaqirilmagan mehmon —
Sariq itdan yomon - Ziqnanikiga mehmon kelmas,
Kelsa ham ovqat yemas. - Aytmas yerda og’zingni tiy,
Mehmonga borganda — nafsingni.
Ushbu sahifada mehmon so’zi ishtirok etgan o’zbekcha maqollar va hikmatli so’zlar to’plami yozilgan. Foydalanilgan manba: «O’ZBEK XALQ MAQOLLARI, 2005, SHARQ» kitobi.
