- Mehr xazinasi — til.
- Mehri borning sehri bor.
- Mehrli odam — sevimli.
- Mehmonxonang tor bo’lsa ham,
Mehri-diling keng bo’lsin. - Yigit mehri — ko’zda.
- Ko’z ko’zga tushsa, mehr qo’zg’alar.
- Ko’z qayerda bo’lsa, Mehr ham o’sha yerda.
- Meniki deganning mehri issiq.
- Mehr bilmas qarindoshdan,
Mehr bilgan yot yaxshi. - Muruvvat — mehrning tuzog’i.
- Ustoz mehri — ota mehri.
- Uyat yuzda bo’lar,
Mehr — ko’zda. - Yerga mehr — elga mehr.
- Qo’shni oshi qorin to’ydirmas,
Mehr-u oqibatni oshirar.
Ushbu sahifada mehribonchilik haqida o’zbekcha maqollar va hikmatli so’zlar to’plami yozilgan. Foydalanilgan manba: «O’ZBEK XALQ MAQOLLARI, 2005, SHARQ» kitobi.
