(Ўзбекча) Omad, baxt va saodat haqida maqollar – Ilm va faktlar

(Ўзбекча) Omad, baxt va saodat haqida maqollar

Извините, этот техт доступен только в “Ўзбекча”. For the sake of viewer convenience, the content is shown below in the alternative language. You may click the link to switch the active language.

  1. Oila ahil bo’lsa, Omad o’z oyog’i bilan kelar.
  2. Baxt kulgu bor uyga kirar.
  3. Vaqt — omad.
  4. Yaxshi qomat — yarim omad.
  5. Omadi kelsa, sichqon filni yengar.
  6. Omadning shishasi temirchining dandonini sindirar.
  7. Har narsaning vaqti bor, Har bir qizning baxti bor.
  8. Har yigitga bir omad.
  9. Baxtingga ishonma, barmog’ingga ishon.
  10. Yigitning baxtini mehnat ochar.
  11. Mashaqqatsiz baxt kelmas, Mehnatsiz taxt kelmas.
  12. Mehnat baxt keltirar.
  13. Tirishgan tog’dan oshar, Ter to’kkan baxtli yashar.
  14. Tinchlik — baxt, sog’lik — taxt.
  15. Aqlli baxt topar, Baxt bilan taxt topar.
  16. Bilim baxt keltirar.
  17. Ilm baxt keltirar, Bilim taxt keltirar.
  18. Yaxshi husn — yarim baxt.
  19. Husn goh baxt keltirar, Goh — kulfat.
  20. Baxtli ovchiga cho’loq kiyik yo’liqar.
  21. Odob bilan baxt topilar, Sabr bilan — taxt.
  22. Qizi borning baxti bor, O’g’li borning taxti bor.
  23. Ertalabki vaqt — naqdgina baxt.
  24. Izlaganga tole yor.
  25. Iqbolni mehnat ochar.

 

Ushbu sahifada omad, baxt saodat, tole, iqbol so’zlari ishtirok etgan o’zbekcha maqollar va hikmatli so’zlar to’plami yozilgan. Foydalanilgan manba: «O’ZBEK XALQ MAQOLLARI, 2005, SHARQ» kitobi.

 

Manba

Понравилось? Пожалуйста поделитесь с друзьями.