(Ўзбекча) Quyidagi hollarda pedagoglarning attestatsiyada ishtirok etish toʻgʻrisidagi murojaatlari rad etilishi mumkin! – Ilm va faktlar

(Ўзбекча) Quyidagi hollarda pedagoglarning attestatsiyada ishtirok etish toʻgʻrisidagi murojaatlari rad etilishi mumkin!

Извините, этот техт доступен только в “Ўзбекча”. For the sake of viewer convenience, the content is shown below in the alternative language. You may click the link to switch the active language.

Quyidagi hollarda pedagoglarning attestatsiyada ishtirok etish toʻgʻrisidagi murojaatlari rad etilishi mumkin!

Vazirlar Mahkamasining 17.09.2021-yildagi 572-son qarori bilan tasdiqlangan Nizom 30-bandida ko‘ra quyidagi holatlarda davlat xizmatlari markazi yoki vakolatli vazirliklar tomonidan davlat xizmatlari koʻrsatilishi rad etilishi mumkin:

➖pedagog kadrlar tomonidan soʻrovnomaning elektron raqamli imzo yoki imzoni identifikatsiya qilishning boshqa vositalari yoxud SMS-xabarnoma bilan tasdiqlanmaganligi;

➖pedagog kadrlar tomonidan notoʻgʻri maʼlumotlar yoki qalbaki hujjatlar taqdim etilgani maʼlum boʻlib qolganligi;

➖soʻrovnoma va unga ilova qilingan hujjatlarning toʻliq taqdim etilmaganligi;

➖attestatsiyadan oʻtkazish boʻyicha davlat xizmati koʻrsatganlik uchun belgilangan yigʻimning toʻlanmaganligi (pedagog kadrni navbatdagi majburiy attestatsiyadan oʻtkazish holatlari bundan mustasno).

⛔️Davlat xizmatlari koʻrsatishni mazkur bandda koʻrsatilgan asoslardan boshqa holatlar boʻyicha rad etishga yoʻl qoʻyilmaydi.

Понравилось? Пожалуйста поделитесь с друзьями.