(Ўзбекча) Vatan haqida maqollar – Ilm va faktlar

(Ўзбекча) Vatan haqida maqollar

Извините, этот техт доступен только в “Ўзбекча”. For the sake of viewer convenience, the content is shown below in the alternative language. You may click the link to switch the active language.

1. Vataning tinch — sen tinch.

 

2. Vatani borning baxti bor,
Mehnati borning — taxti.

 

3. Ona yurting — oltin beshiging.

 

4. Ona yurting omon bo’lsa,
Rangi ro’ying somon bo’lmas.

 

5. O’z yurtingning qadri
O’zga yurtda bilinar.

 

6. O’z yurting — o’lan to’shaging,
O’zga yurt bo’lmas beshiging.

 

7. Bulbul chamanni sevar,
Odam — Vatanni.

 

8. Vatansiz inson — kuysiz bulbul.

 

9. Vatanga kelgan — imonga kelar.

 

10. Kiymoqqa katan yaxshi,
Turmoqqa vatan yaxshi.

 

11. Tug’ilgan yering — Vataning,
Vataning — nomusing.

 

12. El qudrati — chin qudrat,
Vatan tuprog’i — qimmat.

 

13. Tug’ilgan yerdan ko’ngil uzilmas,
Yurt qo’riganning yurti buzilmas.

 

14. Yurt qo’risang, o’sarsan,
Qo’rimasang, to’zarsan.

 

15. Yurti boyning o’zi boy.

 

16. Yurt desa, yugurib ishla.

 

17. El sog’ligi — yurt boyligi.

 

18. Vatan gadosi — kafan gadosi.

 

19. Vatan uchun o’lmoq ham sharaf.

 

20. Vatan qadrini bilmagan o’z qadrini bilmas.

 

21. Vatanga falokat — o’zingga halokat.

 

22. Vatangado bo’lguncha,
Kafangado bo’l.

 

23. Vatandan yiroqlashgan — nomusdan o’lar.

 

24. Vatanni sotgan er bo’lmas.

 

25. Vatanning vayronasi — Umrning g’amxonasi.

 

26. Vatanning vayronasi — Umrning hayronasi.

 

27. O’lsang o’l,
Vataningda bo’l.

 

28. Birovning yurtida bek bo’lguncha,
O’zingning yurtingda it bo’l.

 

29. O’zga yurtning gulidan,
O’z yurtingning cho’li yaxshi.

 

30. Yoridan ayrilgan yetti yil yig’lar,
Yurtidan ayrilgan o’lguncha yig’lar.

 

 

Manba

Понравилось? Пожалуйста поделитесь с друзьями.