(Ўзбекча) “Yil oʻqituvchisi” tanlovi natijalari boʻyicha yuzaga kelgan savollarga izoh berildi – Ilm va faktlar

(Ўзбекча) “Yil oʻqituvchisi” tanlovi natijalari boʻyicha yuzaga kelgan savollarga izoh berildi

Извините, этот техт доступен только в “Ўзбекча”. For the sake of viewer convenience, the content is shown below in the alternative language. You may click the link to switch the active language.

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 28-apreldagi tegishli qaroriga asosan, ayni damda oʻtkazilayotgan malaka (test) sinovlari natijalari “Yil oʻqituvchisi” tanlovining birinchi — saralash bosqichi sifatida ham belgilangan.

Birinchi va oliy toifali pedagoglarning malaka (test) sinov natijalari tanlovda ishtirok etish talablariga mos kelgan taqdirda, ular umumtaʼlim sohasi xodimlari oʻrtasida oʻtkaziladigan “Yil oʻqituvchisi” tanloviga nomzodlar safiga qoʻshiladi.

Test sinovlari jarayonida pedagoglar platformada test topshiriqlarini boshlashdan avval, kompyuter ekranida maxsus eslatma va xabarnoma paydo boʻladi. Unda sinov natijalarining “Yil oʻqituvchisi” tanlovining saralash bosqichi sifatida hisoblanishi haqida maʼlumot berilgan.

Pedagoglar ushbu xabarnoma bilan tanishganlaridan soʻng, sinov topshiriqlarini bajarishni boshlaydilar. Test yakunlangach, platforma avtomatik tarzda ikki turdagi natijani taqdim etadi:

1. Malaka toifasi attestatsiyasi natijalari — odatdagi baholash tizimi boʻyicha;

2. “Yil oʻqituvchisi” tanlovi boʻyicha natijalar — toʻgʻri javoblar soniga nisbatan tanlov shkalasi asosida hisoblangan ball koʻrinishida.

 

 

Manba

Понравилось? Пожалуйста поделитесь с друзьями.