20-dekabr bayramlar, voqealar, tarix
👉 BAYRAMLAR:
🇺🇳 Xalqaro inson birdamligi kuni.
🌏 Xalqaro ajinli(dazmollanmagan) ko’ylak kuni.
👉 MILLIY BAYRAMLAR:
🇲🇲 Myanma – Bo Aung Kyaw kuni.
🇵🇦 Panama – Motam kuni.
🇰🇿 Qozogʻiston – Davlat kuryerlik xizmati kuni.
🇷🇺 Rossiya, 🇦🇲 Armaniston, 🇧🇾 Belarus, 🇰🇬 Qirg‘iziston – Xavfsizlik xizmati xodimlari kuni.
🇷🇪 Reyunon – Qullik bekor qilingan kun.
🇲🇴 Makao – Makao maxsus ma’muriy hududi tashkil etilgan kun.
👉 VOQEALAR:
– 1398 – Amir Temurning Hindistonga yurishi chog‘ida egallangan Dehli sultonligining poytaxti Dehli shahridagi jome‘ masjidida Sohibqiron nomi xutbaga qo‘shib o‘qildi.
– 1408 – Xon Edigey Moskvadan chekindi, Rusga so‘nggi yirik bosqinning tugashi.
– 1522 – Usmonlilar Rodos qal’asini egallashdi.
– 1658 – Valyesar shartnomasi.
– 1699 – Pyotr I o’zining farmoni bilan Yangi yilni nishonlashni 1 sentyabrdan 1 yanvarga ko‘chirish haqida farmon chiqardi.
– 1792 – AQSh va Kanada o‘rtasida pochta xizmati yo‘lga qo‘yildi.
– 1828 – Kanada Rossiya bilan diplomatik aloqa o‘rnatdi.
– 1879 – Tomas Edison cho‘g‘lanma lampa ishlashini namoyish qildi.
– 1880 – Bronxorstspruitdagi otishma, birinchi Bur urushining dastlabki to’qnashuvlaridan biri.
– 1892 – Muhandislar Aleksandr Braun va Jorj Stillmanning pnevmatik avtomobil shinasi ixtirosiga patent berildi.
– 1917 – Butunrossiya sabotaj va kontrrevolyutsiyaga qarshi kurash favqulodda komissiyasi (ВЧК) tashkil topdi.
– 1938 – SSSRda mehnat daftarchasi joriy qilindi.
– 1958 – Moskvada Feliks Dzerjinskiy haykali ochildi.
– 1974 – Efiopiya sotsialistik davlat deb e’lon qilindi.
– 1987 – Filippinda „Donya Pas“ paromi halokatga uchradi, 4375 kishi halok boʻldi.
– 1989 – AQCh qo‘shinlari Panamaga bostirib kirishdi.
– 1991 – Pokiston Islom Respublikasi va Ruminiya Respublikasi O‘zbekiston Respublikasi suverenitetini tan oldi.
– 1996 – Tokioda O‘zbekiston elchixonasining tantanali ochilish marosimi bo’lib o’tdi.
– 1996 – NeXT kompaniyasi Apple Computer bilan birlashdi, Mac OS X ni ishlab chiqish boshlandi.
– 1999 – Portugaliya Makao orolini Xitoyga topshirdi.
– 2000 – Tibbiy maqsadlar uchun klonlashtirish Buyuk Britaniya parlamenti tomonidan tasdiqlandi.
– 2019 – AQShda Tramp tashabbusi bilan Pentagon koshmik qo‘shinlarni faollashtirdi.