22-noyabrda qanday voqealar sodir bo’lgan?
👉 BAYRAMLAR:
🌏 Xalqaro Larimar kuni
🔹 MILLIY BAYRAMLAR:
🇱🇧 Livan – Mustaqillik kuni.
🇦🇱 Albaniya – Alban alifbosi kuni.
🇻🇬 Britaniya Virginiya orollari – Daraxt ekish kuni.
🇨🇦 Kanada – Milliy uy-joy kuni.
🇷🇺 Rossiya – Psixologlar kuni.
🇰🇬 Qirg‘iziston – Prokurorlar kuni.
🇺🇸 AQSh – Insonparvar jamiyatning yubiley kuni.
🇦🇲 Armaniston – Bank xodimlari kuni.
🇦🇿 Ozarbayjon – Adliya xodimlari kuni.
🇨🇷 Kosta-Rika – O’qituvchilar kuni.
🇲🇽 Meksika – Sent-Sesiliya kuni.
🇻🇪 Venesuela – Psixologlar kuni.
👉 VOQEALAR:
– 1574 – Chilidagi Xuan Fernandes orollari kashf etildi.
– 1699 – Pyotr I va Avgust Shimoliy urush haqida kelishib olishdi.
– 1869 – „Cutty Sark“ suvga tushirildi.
– 1906 – Stolipin agrar islohoti boshlandi.
– 1908 – Manastir Kongressi alban alifbosini tasdiqladi.
– 1917 – Kanadada Milliy xokkey ligasi tashkil etildi.
– 1917 – Leninning «Rossiya va Sharqning barcha musulmon mehnatkashlariga» deb nomlangan murojaatnomasi e’lon qilindi.
– 1936 – SSSRda abortga ruxsat berildi.
– 1940 – Ikkinchi jahon urushi: Gretsiya armiyasi Albaniyada qarshi hujumga o’tdi va Koritsa shahrini egalladi.
– 1942 – Ikkinchi jahon urushi: Stalingrad jangida nemislarning 6-armiyasi qurshovda qoldi.
– 1943 – Ikkinchi jahon urushi: AQSH prezidenti Ruzvelt, Britaniya bosh vaziri Uinston Cherchil va Xitoy rahbari Chan Kay Shi Qohira konferensiyasida uchrashdi.
– 1943 – Livan Fransiyadan mustaqillikni qo’lga kiritdi.
– 1946 – Angliyada sharikli ruchkalar ilk bor sotuvga chiqdi.
– 1956 – Melburn shahrida XVI Olimpiya o’yinlari boshlandi.
– 1963 – AQSH prezidenti Jon Kennedi Texasda suiqasd qurboni bo’ldi.
– 1967 – BMT Xavfsizlik Kengashi Arab-Isroil mojarosiga oid 242-sonli rezolyutsiyani qabul qildi.
– 1974 – Falastin Ozodlik Harakati BMTda kuzatuvchi maqomini qo’lga kiritdi.
– 1975 – Xuan Karlos I Ispaniya qiroli deb e’lon qilindi.
– 1986 – Mayk Tayson boks boʻyicha jahon chempioni boʻldi.
– 1989 – Livan prezidenti Rene Mo’vad Bayrutda suiqasd qurboni bo’ldi.
– 1990 – Britaniya bosh vaziri Margaret Tetcher iste’foga chiqdi.
-1993 – Armanistonda milliy valyuta – dram muomalaga kiritildi.
– 2004 – Ukrainada Zarg’aldoq inqilobi boshlandi.
– 2005 – Angela Merkel Germaniya tarixidagi ilk ayol kansler bo’ldi.
– 2008 – Mars sayyorasida muzlagan suv parchasi topildi.
– 2012 – Isroil va Falastin o’rtasidagi 8 kunlik urushdan so’ng, Isroil va Hamas o’t ochishni to’xtatish bo’yicha kelishuviga erishishdi.
-2015 – Myanmaning Kachin viloyatidagi nefrit konida tuproq ko’chishi oqibatida 116 kishi halok bo’ldi va 100 ga yaqin kishi bedarak ketdi.