27-dekabr bayramlar, voqealar, tarix – Ilm va faktlar

27-dekabr bayramlar, voqealar, tarix

27-dekabr bayramlar, voqealar, tarix

👉 BAYRAMLAR:

🇺🇳 Xalqaro epidemiyaga qarshi tayyorgarlik ko‘rish kuni.
❄️ Qog’ozdan qor parchasi yasash kuni.

👉 MILLIY BAYRAMLAR:

🇰🇬 Qirg‘iziston – Pasport va viza xizmati xodimlari kuni.
🇷🇺 Rossiya – Favqulodda qutqaruvchilar kuni.
🇰🇵 Shimoliy Koreya – Konstitutsiya kuni.

👉 VOQEALAR:

– 1513 – Burgoss qonunlari kuchga kirdi.
– 1831 – Charliz Darvin dunyo bo’ylab sayohatga chiqdi.
– 1842 – Xiva xonligi va Rossiya imperiyasi oʻrtasida “Majburiyatlar akti” deb ataluvchi shartnoma imzolandi.
– 1845 – Amerikalik shifokor Krouford Lang dunyoda birinchi marta tug’ruq paytida og’riqsizlantirishni qo’lladi.
– 1903 – Dublindagi Abbat teatri ochilishi.
– 1918 – Germaniyada polyaklar qo‘zg‘oloni boshlandi.
– 1932 – SSSRda yagona pasport tizimi joriy qilindi.
1932 – Nyu-Yorkda dunyodagi eng katta “Radio City Music Hall” kinoteatri (5945 o’rinli) ochildi.
– 1945 – Xalqaro Valutya fondi tashkil topdi.
– 1949 – Niderlandiya Indoneziyaning mustaqilligini tan oldi.
– 1960 – Bitliz guruhining Angliyadagi ilk konserti.
– 1978 – Ispaniyada Fransisko Franko diktaturasi tugatilganini bildiruvchi yangi konstitutsiya kuchga kirdi.
– 1979 – Afgʻon urushi (1979-1989): Amin saroyi qurshab olindi.
– 1990 – Rossiya qutqaruvchilar korpusi tashkil qilindi.
– 1991- Mozambik Respublikasi, Sloveniya Respublikasi va Xitoy Xalq Respublikasi Oʻzbekiston suverenitetini tan oldi.
– 1996 – “Oʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan fuqaro aviatsiyasi xodimi” faxriy unvonini taʼsis etish toʻgʻrisida”, “Oʻqituvchi va murabbiylar kunini belgilash toʻgʻrisida” Qonunlar qabul qilindi.
– 2005 – “Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi faoliyatini tashkil etish boʻyicha tadbirlar haqida”gi qarori qabul qilindi.
– 2007 – Pokistonning sobiq bosh vaziri Benazir Butto saylov oldi tashviqotlari doirasida Ravalpindi shahriga safari chog’ida suiqast qurboni bo’ldi.
– 2008 – G’azo sektorida Isroil armiyasining HAMASga qarshi aksilterror harbiy operatsiyasi boshlandi. Operatsiyaning kod nomi – Cast Lead.
– 2014 – Quyoshdan 50 000 yorug‘lik yili masofada sverxyangi yulduz portlashi qayd qilindi.
– 2019 – Almati shahri yaqinida samolyot qulab tushdi. 12 ta qurbon va 49 kishi jarohatlandi.

Понравилось? Пожалуйста поделитесь с друзьями.