29-dekabr bayramlar, voqealar, tarix
👉 BAYRAMLAR:
🌏 Xalqaro violonchel kuni.
🔹 MILLIY BAYRAMLAR:
🇲🇳 Mongoliya – Mustaqillik kuni.
🇮🇪 Irlandiya – Konstitutsiya kuni.
🇺🇸 AQSh – Texas shtati qo‘shib olingan kun.
👉 VOQEALAR:
– 1503 – Gonsalo Fernandes de Kordoba qo’mondonligi ostidagi ispanlar Garilyano jangida fransuzlarni mag’lub etishdi.
– 1708 – Pyotr I ning farmoniga ko‘ra Rossiya 8 ta guberniyaga bo‘lindi.
– 1768 – Yekaterina II qog‘oz pullarni muomalaga kiritdi.
– 1845 – Texas AQSH shtatlaridan biriga aylandi.
– 1860 – Blekuollda HMS Warrior – zirhli kemasi suvga tushirildi.
– 1911 – Igor Sikorskiy o’zining “S-6” rusumidagi 2 yo‘lovchili samolyotida 111 km / soat tezlikda parvoz qilib jahon rekordini o’rnatdi.
– 1930 – Muhammad Iqbol Pokiston davlatini tashkil etish taklifi bilan chiqdi.
– 1977 – IIV “Vityaz” maxsus otryadu tuzildi.
– 1989 – Vatslav Gavel Chexoslovakiyaning prezidenti bo‘ldi.
– 1991 – O‘zbekiston respublikasi mustaqilligi to‘g‘risida referendum va O‘zbekiston Respublikasi prezidentligiga saylov o‘tkazildi. I. Karimov mustaqil O‘zbekistonning birinchi prezidenti etib saylandi.
-1993 – Biologik xilma-xillik to’g’risidagi konvensiya kuchga kirdi.
– 1996 – Gvatemaladagi fuqarolar urushi tugadi.
– 1998 – Qizil kxmerlar 1970-yillarda 1 million odamni o’ldirgan genotsid uchun kechirim so’radi.
– 2012 – Vnukovo aeroportida Tu-204 samolyotining halokati.
– 2013 – O‘zbek shaxmatchilari Butunjahon yoshlar chempionatida qatnashgan kun.
– 2013 – Volgograddagi temir yo’l vokzalidagi portlash.
– 2021 – 17 yoshli Nodirbek Abdusattorov shaxmatning rapid yo‘nalishida eng yosh jahon chempioniga aylandi.
