3-iyulda qanday voqealar sodir bo’lgan?
👉 BAYRAMLAR:
🌏 Xalqaro plastik xaltachalardan voz kechish kuni.
🔹 MILLIY BAYRAMLAR:
🇲🇲 Myanma – Xotin-qizlar kuni.
🇷🇺 Rossiya – GAI xodimlari kuni (Yo‘l harakati politsiyasi kuni).
🇧🇾 Belarus – Mustaqillik kuni.
🇺🇦 Ukraina – Zenit-raketa qo‘shinlari kuni.
🇮🇳 Hindiston – Daraxt ekish kuni.
🇺🇸 AQSh, Virjiniya orollari – Qullik bekor qilingan kun.
👉 VOQEALAR:
– 324 – Adrianopol yaqinida Rim imperatorlari Konstantin va Litsiniyning qo’shinlari o’rtasidagi jang.
– 987 – Noyon soborida Xugo Kapet Fransiya qiroli tojini kiydi. Karolinglar sulolasi davri tugadi.
– 1017 – Mahmud G‘aznaviy qo‘shini Xorazmni bosib oldi.
– 1200 – Xorazmshoh Takash Xurosonning Shahriston degan joyida vafot etdi.
– 1608 – Shamplen Kvebek shahriga asos soldi.
– 1773 – Kainardja qishlog’i yaqinida rus-turk urushidagi janglardan biri bo’lib o’tdi.
– 1849 – Fransiya qo’shinlari Rimni egallashib, Rim respublikasini tugatdilar.
– 1866 – Sadovadagi jang.
– 1880 – Yevropaning etakchi mamlakatlari va AQSh Marokash mustaqilligini tan oluvchi Marokko konvensiyasini imzoladilar.
– 1890 – Aydaxo AQShning 43-shtatiga aylandi.
– 1897 – Moskva badiiy teatri tashkil topdi.
– 1915 – Turkiyada birinchi qog’oz pul muomalaga chiqarildi.
– 1918 – Toshkentning “eski” shahar qismida terapevtik yo‘nalishdagi umumiy kasalxona ochildi.
– 1927 – Qoraqalpogʻiston Respublikasining Beruniy tumani tashkil etilgan.
– 1927 – Tomdi tumani tumani tashkil etilgan.
– 1928 – Birinchi televizorlar sotuvga chiqdi. Ular 75 dollar turardi.
– 1936 – Rossiya davlat avtomobil inspeksiyasi tashkil topdi.
– 1941 – Sovet xalqiga Stalinning radiomurojaati.
– 1960 – AQSh Kongressi Kuba shakarini olib kirishga taqiq qo’ydi.
– 1962 – Fransiya Jazoir mustaqilligini e’lon qildi.
– 1964 – AQSHda irqiy ayirmachilikni taqiqlovchi qonun kuchga kirdi.
– 1988 – Eron-Iroq urushi: Fors koʻrfazida Vinsennes kemasi Eron yoʻlovchi samolyotini urib tushirdi.
– 1992 – Prezident Farmoniga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa ishlari vazirligi O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligiga aylantirildi.
– 1996 – Boris Yeltsin Rossiyada boʻlgan prezident saylovlarining 2-turida g’alaba qozondi.
– 2006 – 2004 XP14 asteroidi Yer yuzasidan 432308 kilometr uzoqlikda uchib o‘tdi.
– 2018 – Daniya olimlari ilk bor sun’iy odam tuxumdonini yaratdilar