B2 sertifikat ololmagan ingliz tili o’qituvchilari bilan mehnat shartnomasi bekor qilinadimi? – Ilm va faktlar

B2 sertifikat ololmagan ingliz tili o’qituvchilari bilan mehnat shartnomasi bekor qilinadimi?

2026-2027 o’quv yili boshlangunga qadar  B2 sertifikat ololmagan  ingliz tili  o’qituvchilari  bilan mexnat shartnomasi bekor qilinishi mumkin deyilgandi. Joriy yilning 12 avgustigacha  jamoatchilik  fikridan kelib chiqib qaror qilinishi xaqida aytilgandi. Shu haqida ma’lumot bersangiz. Tug’ruq ta’tilidan ushbu o’quv yilida ishga tushishi kerak bo’lgan xodim bilan ogoxlantirilgan eding deb  mehnat shartnomasi  to’xtatilishi   mumkinmi.

YURIST JAVOBI:
VM 312-son qaror 9-bandiga ko’ra, xorijiy til o’qituvchilari 2026/2027-o’quv yili boshlanguniga qadar kamida B2 darajadagi milliy yoki unga tenglashtirilgan xalqaro sertifikatga ega bo’lishi shart.

12-avgust ushbu masala bo’yicha qaror loyihasining jamoatchilik muhokamasi yakunlangan sana hisoblanadi. Bu sana yakuniy qaror qabul qilinganini anglatmaydi.

Shunga qaramay, B2 sertifikati bo’lmaganligi mehnat munosabatlarini davom ettirishga to’sqinlik qiladigan qonuniy holat sifatida baholanishi mumkin. SHu sababli MK 168-moddasi birinchi qismi 5-bandiga asosan mehnat shartnomasini bekor qilishga yo’l qo’yiladi.

MK 405-moddasiga ko’ra, bola parvarishlash ta’tilida xodimning ish joyi va lavozimi saqlanadi. Biroq ushbu kafolat xodimni lavozim uchun belgilangan majburiy malaka talabidan ozod qilmaydi.

❗️Demak, bola parvarishlash ta’tilidan qaytgan ingliz tili o’qituvchisida B2 sertifikati bo’lmasa, u bilan ham mehnat shartnomasi bekor qilinishi mumkin.

Ammo “Siz oldin ogohlantirilgansiz” degan vajning o’zi yetarli emas. Ish beruvchi B2 sertifikati mavjud emasligini hujjatlar bilan tasdiqlashi, buyruqda VM 312-son qaror 9-bandi va MK 168-moddasi birinchi qismi 5-bandini aniq ko’rsatishi hamda qonunda belgilangan rasmiylashtirish tartibiga rioya qilishi kerak.

Manba: @Yurist_Xizmati

Понравилось? Пожалуйста поделитесь с друзьями.