[:uz]Eng yaxshi muxbir metodi[:] – Ilm va faktlar

[:uz]Eng yaxshi muxbir metodi[:]

[:uz]” ENG YAXSHI MUXBIR ” METODI

Kerak boʻladi:

✅ ramziy mikrofon ;

✅ ikkita beyjik .

Ularni qo‘lda yasash ham mumkin. Ularga istalgan telekanal yoki ko‘rsatuv nomini yozib qo‘ying.

Bir yoki ikki o‘quvchi muxbir etib tayinlanadi. Ularga bugungi dars mavzusiga mos savollar yozib beriladi. “Muxbirlar” o‘quvchilarga mikrofon tutib, savollarga javob oladi. Bolalardan to‘g‘ri javob bilan birga, chiroyli va ra­von so‘zlash talab qilinadi. Muxbir o‘quvchilar ham suxandonlik mahoratiga rioya qiladilar. Muxbirlikka erishish uchun o‘quvchilar o‘z ustilarida ko‘p ishlaydi. Oynaga qarab adabiy tilda chiroyli gapi­rishni mashq qiladilar. Shuning­dek, barcha o‘quvchilarda savolga to‘g‘ri javob be­rish maqsadida mavzuni chuqur o‘rganish va bilganlarini tushunarli, ra­von so‘zlab berishga intilish ortadi. Hatto darsda umuman qatnashmaydigan, tortinchoq o‘quvchi ham uyda oyna qarshisida o‘zini muxbirdek his qilib darsga tayyorgarlik ko‘ra boshlaydi.

 

Manba[:]

Понравилось? Пожалуйста поделитесь с друзьями.