[:uz]TO BE bilan keladigan asosiy birikmalar[:] – Ilm va faktlar

[:uz]TO BE bilan keladigan asosiy birikmalar[:]

[:uz]TO BE bilan keladigan asosiy birikmalar

1. To be + adjective (sifat)

Holat, kayfiyat, ta’rif berish uchun.

* to be happy — baxtli bo‘lmoq
* to be tired — charchamoq
* to be late — kechikmoq
* to be hungry — och bo‘lmoq

2. To be + noun (ot)

Kasb yoki vazifani ko‘rsatadi.

* to be a teacher — o‘qituvchi bo‘lmoq
* to be a student — talaba bo‘lmoq
* to be a doctor — shifokor bo‘lmoq

3. To be + preposition (to, for, with, about…)

Munosa­bat, tayyorlik, sabab bildiradi.

* to be good at — biror narsada yaxshi bo‘lmoq
* to be afraid of — qo‘rqmoq
* to be interested in — qiziqmoq
* to be ready for — tayyor bo‘lmoq
* to be responsible for — mas’ul bo‘lmoq
* to be proud of — faxrlanmoq
* to be similar to — o‘xshamoq
* to be full of — to‘la bo‘lmoq

4. To be about to + V1

Bir ishning boshlanish arafasida ekanini bildiradi.

I’m about to leave. — Men endi ketmoqchi bo’lib turibman.

5. To be supposed to + V1

Majburiyat, kelishilgan ishni bildiradi.

We are supposed to start at 9. — Biz 9 da boshlashimiz kerak.

6. To be going to + V1

Reja, niyatni ifodalaydi.

I’m going to study abroad. — Men chet elda o‘qimoqchiman.

7. To be able to + V1

Qobiliyat, imkoniyatni bildiradi.

I’m able to swim. — Men suza olaman.

8. To be likely to + V1

Ehtimollikni ifodalaydi.

She is likely to win. — Unda yutish ehtimoli bor.

9. To be willing to + V1

Istakni bildiradi.

I’m willing to help. — Men yordam berishga tayyorman.

10. To be sure / certain to + V1

Ishonchni ifodalaydi.

He is sure to come. — U albatta keladi.

11. To be eager to + V1

Kuchli hohish va intilishni ifodalaydi.

They are eager to learn. — Ular o‘rganishga intilishmoqda.

12. To be used to + noun/V-ing

O‘rganib qolgan bo‘lish.

I’m used to waking up early. — Men erta turishga o‘rganganman.

13. To be familiar with

Tanish bo‘lmoq.

I’m familiar with this topic. — Bu mavzu bilan tanishman.

14. To be in a hurry

Shoshilmoq.

I’m in a hurry. — Men shoshayapman.

 

 

Manba[:]

Понравилось? Пожалуйста поделитесь с друзьями.