1-yanvar bayramlar, voqealar, tarix – Ilm va faktlar

1-yanvar bayramlar, voqealar, tarix

1-yanvar bayramlar, voqealar, tarix

👉 BAYRAMLAR:

🌏 Yangi yil kuni.
🌏 Butunjahon tinchlik kuni.
🌏 Jamoat boyligi kuni.

🔹 MILLIY BAYRAMLAR:

🇪🇺 Yevropa Ittifoqi – Yevro kuni.
🇮🇶 Iroq – Suverenitet kuni.
🇹🇼 Tayvan – Milliy bayram kuni.
🇸🇩 Sudan – Mustaqillik kuni.
🇨🇲 Kamerun – Mustaqillik kuni.
🇭🇹 Gaiti – Mustaqillik kuni.
🇨🇺 Kuba – Ozodlik kuni.
🇸🇰 Slovakiya – Slovakiya Respublikasi tashkil topgan kun.
🇨🇿 Chexiya – Mustaqil chex davlatining tiklanish kuni.
🇺🇸 AQSh – Ellis oroli kuni.
🇱🇹 Litva – Bayroq kuni.

👉 VOQEALAR:

– mil. av. 153 – Qadimgi Rimda yillik konsullikning boshlanishi 1-yanvarga koʻchirildi.
– mil. av. 45 – Yuliy taqvimi
birinchi marta kuchga kirdi.
-1622 – Papalik devonxonasi yilni 1-yanvardan boshlashga qaror qildi.
– 1751 – Denis Diderot va Jean le Rond d’Alembertlarning mashhur ensiklopediyasining birinchi tomi chop etildi.
– 1785 – Eng eski kunlik London gazetasi „The Daily Universal Register“ning birinchi soni chiqdi (Nomi 1788-yil 1-yanvarda „The Times“ga oʻzgardi).
– 1793 – Buyuk Fransuz Inqilobi davrida Konvent dekretiga muvofiq „Milliy qoʻriqlash qoʻmitasi“ tuzildi.
-1801 – Palermolik astronom Giuseppe Piazzi ilk asteroid – Sererani kashf qildi. Hozirda Serera asteroid deb hisoblanmaydi.
– 1801 – Irlandiyada navbatdagi qoʻzgʻolondan soʻng irland parlamenti bekor qilindi.
-1804 – Gaitining mustaqilligi eʼlon qilindi.
– 1806 – Fransiyada respublika taqvimining ishlatilishi toʻxtatildi.
– 1813 – rus armiyasining yurishi boshlandi.
– 1863 – Avraaam Linkoln qullarni ozod etish haqidagi manifestni nashr qildi.
-1886 – Angliya Birmani bosib oldi.
– 1887 – Buyuk Britaniya qirolichasi Viktoriya Hindiston imperatori deb eʼlon qilindi.
– 1887 – Sherlok Holms toʻgʻrisidagi birinchi kitob – “Qizil rangli etyud” chop etildi.
– 1909 – Buyuk Britaniyada ilk nafaqa toʻlovlari amalga oshirildi.
– 1912 – Nankinda Xitoy respublikasining eʼlon qilinishi.
– 1919 – Belorussiya SSRining tashkil topishi.
– 1925 – Norvegiya poytaxti Xristianiya nomini Osloga oʻzgartirdi.
– 1934 – Alkatras rasman AQShning federal qamoqxonasiga aylandi.
– 1935 – Turkiyada unvonlar bekor etilib, familiyalar kiritildi.
– 1942 – 26 davlat Vashington Deklaratsiyasini imzolab, antigitler koalitsiyasini tuzishdi.
– 1946 – Yaponiya imperatori Xirohito oʻzining ilohiy statusidan voz kechdi.
– 1947 – Cherchill SSSRning temir pardasi haqida Fulton nutqini soʻzlaydi.
– 1949 – Hindiston va Pokiston o’rtasida urushni to’xtatish to’g’risida bitim tuzildi.
– 1956 – Sudan Misr va Buyuk Britaniyadan mustaqillikka erishdi.
– 1958 – Yevropa iqtisodiy ittifoqi oʻz ishini boshladi.
– 1959 – Kubada F. Batista hukumati ag’darilib, hokimyat Fidel Kastro qo’liga o’tdi
– 1973 – Buyuk Britaniya, Irlandiya va Daniya Yevropa ittifoqiga qoʻshildilar.
– 1983 – ARPANET asosiy protokolini NCPdan TCP/IPga oʻzgartirdi, buning natijasida zamonaviy internet kelib chiqdi.
-1984 – Bruney mustaqillikka ega boʻldi.
– 1991 – “Xalq so‘zi” va “Narodnoe slovo” gazetasining 1-soni chiqdi.
– 1992 – Serbiya va Xorvatiya BMT qoʻshinlarini mintaqada joylashtirilishiga rozi boʻladilar.
– 1993 – Chexoslovakiya Chexiya va Slovakiyaga boʻlinib ketdi.
– 1995 – O‘zbekistonda yangi pasport joriy etildi.
– 1995 – Avstriya, Finlandiya va Shvetsiya Yevropa ittpifoqiga qoʻshiladilar. Ittifoqqa a’zo davlatlar soni 15 taga yetdi. Shengen shartnomasi hayotga joriy etildi.
– 1998 – O‘zbekistonda “Soliq kodeksi” amalga kiritildi.
– 1999 – Yevro naqd boʻlmagan toʻlovlar uchun muomalaga kiritildi.
– 2002 – Yevro naqd toʻlovlar uchun muomalaga kiritildi.
– 2004 – Toshkentda ShHTning Mintaqaviy aksilterror tuzilmasi (MATT) faoliyat yurita boshladi.
-2007 – Bolgariya va Ruminiya Yevropa ittifoqiga qoʻshildilar.
– 2007 – Sloveniya yevro zonaga kirdi.
– 2007 – Pan Gi Mun BMTning 8-bosh kotibiga aylandi.
– 2008 – O’zbekistonda o’lim jazosi bekor qilindi.
– 2009 – Slovakiya yevro zonaga kirdi.
– 2011 – Estoniya yevro zonaga kirdi.
– 2017 – Antonu Guterresh BMT Bosh kotibi lavozimiga kirishdi.

Понравилось? Пожалуйста поделитесь с друзьями.