15-dekabr bayramlar, voqealar, tarix
👉 BAYRAMLAR:
🇺🇳 Xalqaro choy kuni.
🌏 Zamenhof kuni (esperantochilar bayrami).
🔹 MILLIY BAYRAMLAR:
🇺🇸 AQSh – “Huquqlar to‘g‘risidagi bill” kuni.
🇳🇱 Niderlandiya – Qirollik kuni.
🇮🇩 Indoneziya – Indoneziya armiyasi kuni.
🇺🇦 Ukraina – Sud xodimlari kuni.
👉 VOQEALAR:
– 1055 – Xalifa al-Qoimning rasmiy roziligi bilan To‘g‘rul bek boshchiligidagi saljuqiy turklar Bag‘dodga tantanali ravishda kirib keldilar.
– 1256 – Xulagu qo’shini Alamutga hujum boshladi.
– 1762 – Yekaterina II Rossiyaga yahudiylardan tashqari chet elliklar va qochib ketganlarning kirishiga ruxsat beruvchi manifestni imzoladi.
– 1791 – AQSh Konstitutsiyasiga dastlabki 10 ta tuzatish kirituvchi “Huquqlar to’g’risidagi” qonun kuchga kirdi.
– 1821 – “Fransiya geografiya jamiyati” tashkil topdi.
– 1875 – Jyul Vernning «Sirli orol» romani nashr etildi.
– 1899 – Kolenso yonidagi jang.
– 1905 – Sankt-Peterburgda Pushkin uyi tashkil etildi.
– 1917 – Kishinyovda Moldaviya Xalq Respublikasi (MXR) e’lon qilindi.
– 1923 – “Skoda” avtomobil kompaniyasining emblemasi ro’yxatga olindi.
– 1930 – Ispaniyada hukumatga qarshi harbiy to’ntarish muvaffaqiyatsiz tugadi.
– 1937 – NKVDning yunon operatsiyasining boshlanishi – Sovet Ittifoqi yunonlariga qarshi ommaviy qatag’onlar.
– 1939 – “Shamollarda qolgan hislarim” filmi premyerasi.
– 1941 – Xolokost: Drobiy Yarda minglab yahudiylar otib tashlandi.
– 1966 – Fransuz astronomi Oduen Dolfus Saturnning 10-yo‘ldoshini kashf qildi va unga Yanus nomini berdi.
– 1970 – Sovet ittifoqiga tegishli Venera-7 sayyoralararo stansiyasi Venera sayyorasiga qoʻndi.
– 1972 – BMT ning atrof-muhitni muhofaza qilish tashkiloti (YUNEP) tashkil etilgan kun.
– 1976 – Mustaqil Samoa davlati BMTga qabul qilindi.
– 1989 – Ruminiyada inqilobning boshlanishi.
– 1990 – Qirg‘iziston SSR Oliy Soveti Qirg‘iziston suveriniteti to‘g‘risidagi Deklaratsiyani qabul qildi.
– 2000 – Chernobil AESning 3-energetika bloki yopildi. Chernobil atom elektr stansiyasi butunlay tugatildi.