16-dekabr bayramlar, voqealar, tarix – Ilm va faktlar

16-dekabr bayramlar, voqealar, tarix

16-dekabr bayramlar, voqealar, tarix

👉 BAYRAMLAR:

🌏 Choʻqqilarni zabt etish kuni.

🔹 MILLIY BAYRAMLAR:

🇰🇿 Qozog’iston – Mustaqillik kuni.
🇹🇭 Tailand – Sport kuni.
🇮🇷 Eron – Tadqiqotlar kuni.
🇦🇿 Ozarbayjon – Favqulodda vaziyatlar vazirligi xodimlari kuni.
🇧🇩 Bangladesh – G‘alaba kuni.
🇿🇦 JAR – Yarashuv kuni.
🇧🇭 Bahrayn – Milliy kun.

👉 VOQEALAR:

– 1237 – Botuxon Ryazanni qamal qilishni boshladi.
– 1431 – Angliya qiroli Genrix VI Parijda Fransiya qiroli taxtiga o‘tirdi.
– 1598 – Imjin urushida Li Sunsin yapon flotini yakson qildi.
– 1631 – Vezuviy vulqoni otilishi.
– 1641 – Jiulio Mazarini Papa Urban VIII dan kardinal unvonini oldi.
– 1773 – “Boston choyxo‘rligi” nomi bilan tarixga kirgan Amerika mustamlakachilarining norozilik namoyishi.
– 1809 – Napoleon I Senatni Jozeffina Bogarnedan ajrashishi uchun ruxsat berishga majbur qildi.
– 1838 – Burlarning Nkome daryosi bo‘yida zuluslar bilan jangi (Qonli jang).
– 1880 – Birinchi Ingliz-Bur urushining boshlanishi.
– 1899 – “Milan” futbol klubi tashkil etildi.
– 1931 – “Romen” lo’li teatr – studiyasi professional teatr maqomini oldi.
– 1946 – Kristian Dior Parijda modalar uyini ochdi.
– 1948 – Kambodja mustaqilligi e’lon qilindi.
– 1986 – Almatida yoshlar namoyishlari.
– 1991 – Turkiya Republikasi jahon mamlaklari ichida birinchi bo‘lib O‘zbekiston Respublikasi suverenitetini tan oldi.
– 1991 – Qozog‘iston o‘z mustaqilligini e’lon qildi.
– 1992 – O’zbekiston Respublikasi Xalqaro Futbol Federatsiyasiga (FIFA) a’zo bo’ldi.
– 2002 – Ashxabadda O‘zbekiston elchixonasiga bostirib kirildi.
– 2008 – Jenevadaghi BMT bo‘limi binosida joylashgan Millatlar Saroyida poytaxtimiz Toshkent shahrining 2200 yilliga bag‘ishlangan “Toshkent: bugun va ertaga” deb nomlangan ko‘rgazma ochildi.
– 2011 – Janaozen (Qozog‘iston) shahridagi tartibsizliklar.
– 2014 – Peshovar shahrida sodir etilgan terakt natijasida 145 kishi halok bo’ldi, ularning aksariyati 10 yoshdan 18 yoshgacha bo’lgan maktab o’quvchilari edi.

Понравилось? Пожалуйста поделитесь с друзьями.