17-dekabr bayramlar, voqealar, tarix
🔹 MILLIY BAYRAMLAR:
🇺🇸 AQSh – Panamerika aviatsiyasi kuni.
🇺🇸 AQSh – Aka-uka Raytlar kuni.
🇮🇶 Iroq – Kurdiston bayrog‘i kuni.
🇧🇾 Belarus – Belarus kinosi kuni.
🇰🇿 Qozogʻiston – Energetika muhandislari kuni.
🇺🇦 Ukraina – Davlat ijroiya xizmati kuni.
🇹🇳 Tunis – Milliy inqilob kuni.
🇧🇹 Butan – Milliy kun.
🇷🇺 Rossiya – Strategik raketa qo‘shinlari kuni.
👉 VOQEALAR:
– 1237 – Buyuk shoir Mavlono Jaloliddin Rumiy Kuniya shahrida vafot etdi.
– 1474 – Astronom, matematik olim, mutafakkir Ali Qushchi Istanbulda vafot etdi.
– 1637 – Amakusa Siro boshchiligida yapon nasroniylari qo’zg’oloni ko’tarildi.
– 1777 – Fransiya AQSH mustaqilligini tan oldi.
– 1837 – Sankt-Peterburgdagi Qishki saroy yonib ketdi.
– 1881 – Londonda Oskar Vildning “Imon yoki nigilistlar” pyesasining ilk premyerasi bekor qilindi.
– 1903 – Aviatsiya otalari aka-uka Raytlar samolyotining ilk parvozi.
– 1918 – Riga (Latviya) da Sovet hokimiyati o‘rnatilgani e’lon qilindi.
– 1926 – Birinchi butunittifoq aholini ro‘yxatga olish o‘tkazildi.
– 1959 – SSSR hukumatining qarori bilan Strategik raketa qo‘shinlari tashkil etildi.
– 1962 – Monakoning yangi konstitutsiyasi kuchga kirdi.
– 1989 – AQShda “Simpsonlar” multfilmining birinchi seriyasi namoyish etildi.
– 1993 – Major League Soccer tashkil topdi.
– 1995 – Ikkinchi chaqiriq Davlat Dumasiga saylovlar bo’lib o’tdi.
– 1998 – AQSh va Buyuk Britaniya Iroqqa qarshi “Sahrodagi tulki” harbiy operatsiyasini boshlashdi.
– 2009 – MV Danny F II yuk kemasi Livan qirg’oqlarida cho’kib ketdi, natijada 44 kishi va 28 000 dan ortiq hayvonlar halok bo’ldi.
– 2010 – Tunislik Muhammad Buazizi o’zini yoqib yubordi, bu Tunisdagi inqilob va butun arab bahori uchun turtki bo’ldi.
– 2014 – AQSh va Kuba 1961-yilda uzilgan diplomatik munosabatlar tiklanganini e’lon qildi (ular 2015-yil 20-iyulda rasman tiklangan).