23-dekabr bayramlar, voqealar, tarix
👉 BAYRAMLAR:
🌏 Butunjahon snoubord kuni (World Snowboard Day).
🔹 MillIY BAYRAMLAR:
🇸🇩 Sudan – Bolalar kuni.
🇪🇬 Misr – G‘alaba (Port-Saidning ozod qilinish) kuni.
🇸🇪 Shvetsiya – Qirolicha Silviyaning tug’ilgan kuni.
🇲🇽 Meksika – Rediska kuni.
🇮🇳 Hindiston – Fermerlar kuni.
👉 VOQEALAR:
– 484 – Gunerixning o’limidan so’ng Guntamund vandallar qiroliga aylandi.
– 558 – Xlotar I Frank qirolligini o‘z qo‘l ostida birlashtirishni yakunladi.
– 962 – Halab qamali.
– 1558 – Ingliz sayyohi, savdo agenti va diplomati Antoniy Jenkinson Buxoroga keldi.
– 1672 – Italyan astronomi Jovanni Kassini Saturnning navbatdagi yo‘ldoshi – Reyani kashf qildi.
– 1876 – Usmonlilar imperiyasining birinchi konstitutsiyasi qabul qilindi.
– 1888 – Vincent van Gog o’z qulog’ini kesdi.
– 1900 – Rejinald Fessenden dunyodagi birinchi ovozli eshittirishni amalga oshirdi.
– 1904 – Vilnyusda litva tilidagi birinchi gazeta – “Vilnyaus Jinios” nashr etildi.
– 1913 – AQShda bir nechta yirik banklardan Federal zahira tizimi tashkil etildi.
– 1938 – London muzeyiga Latimeriya balig’i olib kelindi.
– 1953 – SSSRda L. P. Beriya, V. N. Merkulov, B. Z. Kobulov, S. A. Goglidze, P. Ya. Meshik, V. G. Dekanozov va L. E. Vlodzimirskiy otib tashlandi.
– 1947 – Amerikada tranzistorning rasmiy taqdimoti o’tkazildi. Shu kun tranzistor ixtiro etilgan kun hisoblandi.
– 1972 – Managua zilzilasi.
– 1979 – Afg’oniston urushi: Sovet qo’shinlari Kobulni egallashdi.
– 1990 – Sloveniyaning Yugoslaviyadan ajralib chiqishi to‘g‘risidagi referendum. Qatnashganlarning 95%i rozilik bildirishgan.
– 1991 – Shveytsariya Konfederatsiyasi O’zbekiston Respublikasi suverenitetini tan oldi.
– 1993 – Xalqaro Bobur jamg’armasi tashkil etildi.
– 1994 – O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi “Respublika muzeylar faoliyatini yaxshilash chora-tadbirlari to‘g‘risida” qaror qabul qildi.
– 1994 – Moldova Respublikasi tarkibidagi Gagauziya (Gagauz-Yeri) avtonom hududiy birligi to’g’risidagi qaror rasman e’lon qilindi.
– 2007 – Nepalda monarxiya tugatildi.
– 2007 – Islom Karimov 7 yil muddatga uchinchi marta Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti etib saylandi.
– 2008 – Gvineyadagi harbiy to’ntarish.
– 2009 – Nijniy Tagildagi “Yestyuninskaya” konida portlash sodir bo’ldi, 9 kishi halok bo’ldi.