23-noyabrda kimlar tug’ilgan?
– 870 – Aleksandr – Vizantiya imperatori.
– 912 – Buyuk Otton I (973) – Germaniya qiroli (936 yildan), Muqaddas Rim imperiyasining imperatori (962 yildan).
– 1527 – Li Chji (1602) – xitoylik faylasuf, tarixchi, yozuvchi va adabiyotshunos.
– 1705 – Tomas Birx – ingliz tarixchisi.
– 1804 – Franklin Pirs (1869) – AQShning 14-prezidenti (1853-1857).
– 1837 – Yan Diderik Van der Vaals (1923) – golland fizigi, Nobel mukofoti sohibi (1910).
– 1899 – Vladimir Yaxontov (1970) – entomolog olim, Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan fan arbobi (1960).
– 1908 – Nikolay Nosov (1976) – Sovet bolalar nasr yozuvchisi, dramaturg, ssenariy muallifi.
– 1914 – Krishan Chandar (1977) – hind yozuvchisi va jamoat arbobi, hozirgi zamon urdu adabiyotining yirik vakili.
– 1925 – Xose Napoleon Duarte – Salvador prezidenti.
– 1933 – Mahmud Salohiddinov (2018) – matematik olim, Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan fan arbobi (1984),
– 1960 – Bobomurod Fayziyev – sambochi, O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan sportchi (1988). 52 kg vazn toifasida O’zbekiston chempioni (1978, 1981), jahon kubogi g’olibi (1982), 3 karra jahon chempioni (1982, 1986,1987).
– 1962 – Nikolas Maduro – Venesuela prezidenti.
– 1975 – Nihat Qahvachi – Turkiya terma jamoasi va Ispaniyaning Villyareal jamoasi a’zosi.
– 1976 – Junayd Chaqir – turkiyalik futbol hakami.
– 1992 – Mayli Rey Sayrus – amerikalik aktrisa va musiqachi.