👉 BAYRAMLAR:
🌏 Butunjahon akvarel kuni.
🌏 Xalqaro jazosizlikni tugatish kuni.
🌏 Fibonachchi kuni.
🔹 MILLIY BAYRAMLAR:
🇺🇸 AQSh – Milliy oila salomatligi tarixi kuni.
🇸🇮 Sloveniya – Rudolf Maister kuni.
🇱🇹 Litva – Qurolli Kuchlar kuni.
🇰🇿 Qozogʻiston – Yo’l harakati politsiyasi kuni.
🇫🇲 Mikroneziya – Prezident kuni.
🇯🇵 Yaponiya – Mehnatga minnatdorchilik kuni.
🇬🇪 Gruziya – Avliyo Jorj kuni.
🇺🇸 AQSh, 🇵🇷 Puerto-Riko, 🇵🇼 Palau, 🇬🇺 Guam – Shukrona kuni.
👉 VOQEALAR:
– 1174 — Salohiddin Ayyubiy boshchiligidagi musulmonlar qo’shini Damashq shahrini egalladi.
– 1248 – Kastiliya qiroli Ferdinand III qo’shinlari musulmonlar qo’l ostidagi Sevilya shahrini bosib oldi.
– 1510 — Usmonli Turklar imperiyasi Imereti qirolligi poytaxti Kutaisi shahrini egalladi.
– 1793 — Parij Kommunasi cherkovlar faoliyatini taqiqladi.
-1831 — Sankt-Peterburgda Rumyansev muzeyi ochildi.
– 1852 — Angliyada tarixda ilk bor pochta qutilari paydo bo’ldi.
– 1904 — AQSHning Sent Luis shahrida III Olimpiya o’yinlari yakunlandi.
-1910 — Shvetsiya tarixidagi so’nggi o’lim jazosi amalga oshirildi.
– 1918 — Edvin Habbel Andromeda galaktikasini kashf etdi.
– 1924 — SSSRda ilk doimiy radioeshittirishlar yo’lga qo’yildi.
– 1940 — Ikkinchi jahon urushi: Ruminiya fashistik blokka qo’shildi.
– 1943 — Qohira konferensiyasi boshlandi.
– 1946 — Birinchi Hindi-xitoy urushi boshlandi: Fransiya havo kuchlari Vyetnamning Hay Pong shahrini bombardimon qilishi oqibatida minglab fuqarolar halok bo’ldi.
– 1955 — Kokos orollari Buyuk Britaniyadan Avstraliya nazoratiga o’tdi.
– 1957 — Milanda Boris Pasternakning «Doktor Jivago» romani chop etildi.
– 1980 — Italiya janubidagi Irpiniya shahrida sodir bo’lgan 6,9 magnitudali zilzilada 4,800 kishi qurbon bo’ldi.
– 1981 – Oltinsoy tumani tashkil etilgan.
– 1985 — Afinadan Qohiraga uchayotgan yo’lovchi samolyoti qurolli shaxslar tomonidan garovga olinishi oqibatida, 60 kishi halok bo’ldi.
– 1991 – “Vatanparvar” tashkiloti tuzilgan.
– 1992 – Las Vegasda IBM Simon nomli ilk smartfon namoyish etildi.
– 1993 — Toshkentdagi Respublika O‘qituvchilar Uyi qoshida O‘zbekiston Xalq ta’limi tarixi muzeyi ochildi.
-1996 — Efiopiyaga qarashli samolyot garovga olinishi oqibatida 125 nafar yo’lovchi Hind okeaniga g’arq bo’ldi.
– 2003 — Atirgul inqilobi: Gruziya prezidenti Eduard Shevarnadze iste’foga chiqdi.
– 2005 — Liberiya prezidentligiga saylangan Ellen Jonson Sirleaf Afrika davlatlari orasida ilk ayol rahbarga aylandi.
– 2006 — Iroqning Sadr shahridagi portlashda 215 kishi halok bo’ldi va 257 kishi jarohatlandi.
-2007 — Argentinaning Janubiy Shetland orollari yaqinida MS Explorer sayohat kemasi aysbergga urilib, 154 nafar yo’lovchi bilan birga dengizga g’arq bo’ldi.
– 2011 — Arab bahori: Yaman prezidenti Ali Abdulloh Solih iste’foga chiqdi.