24-dekabr bayramlar, voqealar, tarix
👉 MILLIY BAYRAMLAR:
🇺🇿 O‘zbekiston – Qoraqalpog‘iston Respublikasi Davlat madhiyasi kuni.
🇮🇳 Hindiston – Milliy iste’molchilar huquqlarini himoya qilish kuni.
🇫🇲 Mikroneziya – Konstitutsiya kuni.
🇱🇾 Liviya – Mustaqillik kuni.
👉 VOQEALAR:
– 1777 – Jeyms Kuk Rojdestvo orolini kashf etdi.
– 1800 – Fransiyaning birinchi konsuli Napoleonning hayotiga suiqasd qilindi.
– 1801 – ingliz mexanigi Richard Trevitik bug‘ bilan ishlovchi birinchi avtomobilni namoyish qildi.
– 1865 – Ku-klus-klan tashkil topdi.
– 1900 – Xorijda «Искра» gazetasining birinchi soni chiqdi.
– 1914 – Birinchi jahon urushidagi yangi yil kelishuvi.
– 1924 – Albaniya respublikaga aylandi.
– 1942 – RSFSR Narkomprosi «Ё» harfini majburiy ishlatilishi to‘g‘risida buyruq chiqardi.
– 1961 – Liviya mustaqil davlat deb e‘lon qilindi.
– 1968 – Yer koinotdan suratga olindi.
– 1979 – “Arian” fransuz tashuvchi raketasining muvaffaqiyatli uchirilishi.
– 1982 – An-124 “Ruslan” harbiy transport samoliyotining birinchi sinov parvozi.
– 1991 – Rossiya BMTda SSSRni almashtirdi.
– 1993 – Qoraqalpogiston Respublikasining Davlat madhiyasi tasdiqlandi.
– 1994 – Oliy Majlisga birinchi marta ko‘ppartiyaviylik asosida saylovlarning birinchi bosqichi bo‘lib o‘tdi
– 1994 – Jazoirda bortida 232 kishi bo’lgan Air France samolyoti o’g’irlab ketildi. Ikki kundan so’ng, Marselda samolyot hujum orqali egallandi.
– 2018 – O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining bayrog‘i va emblemasi tasdiqlandi.