👉 BAYRAMLAR:
🇺🇳 Butunjahon qoʻshilgan egizaklar kuni.
🌏 Butunjahon yoshlar kuni.
🌏 Evolyutsiya kuni.
🌏 Butunjahon morjlar kuni.
🔹 MILLIY BAYRAMLAR:
🇸🇬 Singapur – Bobo va buvilar kuni.
🇷🇺 Rossiya – Onalar kuni.
🇯🇵 Yaponiya – Yapon oshxonasi kuni.
🇰🇬 Qirgʻiziston – Mudofaa sport-texnik tashkiloti xodimlari kuni.
🇹🇷 Turkiya – O‘qituvchilar kuni.
🇹🇯 Tojikiston – Davlat bayrog’i kuni.
🇷🇺 Rossiya – Morjlar kuni.
👉 VOQEALAR:
– 1512 – G‘ijduvon jangida shayboniy Ubaydullaxon Zahiriddin Muhammad Bobur boshchiligidagi safaviylar qo‘shinini mag‘lub etdi.
– 1642 – Abbel Tasman “Tasmaniya orollari”ni ochdi.
– 1817 – Sankt-Peterburgda graf A. Zavadovskiy va ofitser V. Sheremetev o’rtasida duel bo’lib o’tdi.
– 1849 – Rim papasi Piy IX Gaitaga qochdi.
– 1859 – Charlz Darvinning “Turlarning kelib chiqishi” asari sotuvga chiqdi.
– 1874 – Amerikalik Jozef Gledid tikonli simga patent oldi.
– 1896 – Turkiston general-gubernatori o‘lkada aholini ro‘yxatga olish haqida buyruq chiqardi.
– 1905 – leytenant P. P. Shmidt boshchiligidagi Sevastopol qo’zg’oloni boshlandi.
– 1918 – Serbiya va Chernogoriya bitta davlatga birlashdi.
– 1921 – Afģonistonga qozikalon Bobooxun Salimov boshchiligida maxsus elchilik hay’ati jònatilgan.
– 1927 – Moskva davlat operetta teatrining ochilishi.
– 1937 – Leningradda sharqshunoslar otib tashlandi.
– 1944 – Sovet qo’shinlarining Boltiqbo’yi hujumi tugadi.
– 1961 – BMT – Atom qurolini tarqatmaslik toʻgʻrisida deklaratsiya qabul qilindi.
– 1965 – Kongo Demokratik Respublikasini 32 yil boshqargan Jozef Dezayr Mobutu hokimiyatni egalladi.
– 1966 – bortida 82 kishi bo‘lgan Bolgariyaga tegishli yo‘lovchi samolyoti bratislavada halokatga uchradi.
– 1969 – AQSH va SSSR yadro qurolini tarqatmaslik haqidagi kelishuvni imzoladi.
– 2000 – Temuriylar tarixi Davlat muzeyining majlislar zalida «Kamoliddin Behzod va sharq miniatyura san’ati» mavzuida Xalqaro konferensiya bo‘lib o‘tdi.
– 2002 – Bryansklik Yan Nepomnyashiy shaxmat bo‘yicha yoshlar o‘rtasida jahon chempioni bo‘ldi.
– 2012 – Bangladeshdagi kiyim fabrikasida chiqqan yong‘inda 112 kishi qurbon bo‘ldi.
– 2015 – Rossiya harbiy-havo kuchlariga qarashli Su-24 samolyoti Turkiyaning Suriya bilan chegarasida Turkiya armiyasi tomonidan urib tushirildi.
– 2017 – Misrning al-Arish shahrida bir jome’ masjidiga al-Qoida terrorchi a‘zolari tomonidan hujum uyushtirildi. Hujumda 305 kishi halok bo‘ldi va 100 dan ortiq kishi tan jarohati oldi.