30-noyabr bayramlar, voqealar, tarix
👉 BAYRAMLAR:
🇺🇳 Kimyoviy urush qurbonlarini xotirlash kuni.
🌏 Kompyuter xavfsizligi kuni.
🌏 Hayot uchun shaharlar kuni.
🌏 Xalqaro kikboksing kuni
🔹 MILLIY BAYRAMLAR:
🇦🇷 Argentina – Milliy turmush o’rtoqlar kuni.
🇺🇦 Ukraina – Radiotexnika qo’shinlari kuni.
🇧🇧 Barbados, 🇾🇪 Yaman – Mustaqillik kuni.
🇺🇸 AQSh – Milliy shaxsiy makon kuni.
🇿🇦 Janubiy Afrika – Regina Mundi kuni.
🇵🇭 Filippin – Andres Bonifatsio kuni.
👉 VOQEALAR:
– 533 – Yustinian tuzuklari kuchga kirdi.
– 1066 – Granadada yahudiylar qirgʻini.
– 1609 – Galiley Galiley Oy yuzasining birinchi xaritasini tuzdi.
– 1700 – Pyotr I ning rus qo’shini va Karl XII shved armiyasi o’rtasida Narva jangi bo’lib o’tdi.
-1786 – Italiyadagi Toskaniya grafligida tarixda ilk bor o‘lim jazosi bekor qilindi.
– 1806 – Usmonlilar imperiyasi Rossiya imperiyasiga urush eʼlon qildi.
– 1812 – Rossiya va Prussiya betaraflik haqida kelishuv tuzdilar.
– 1872 – Glazgoda birinchi rasmiy xalqaro futbol uchrashuvi bo’lib o’tdi (Shotlandiya 0: 0 Angliya).
-1875 – Po‘latxon qo‘zg‘oloni: general Skobelev qo‘shini Go‘rtepa qishlog‘iga hujum qilib, yoqib yubordilar.
– 1876 – Pavel Nikolaevich Yablochkov transformator uchun patent oldi.
-1880 – Chor Rossiyasi qo‘shinlari Xiva xonligiga qarashli To‘g‘onbotir qal’asini bosib oldi.
-1917 – Qo‘qon va Toshkent shaharlarida Turkiston Muxtoriyatini qo‘llab-quvvatlashga qaratlgan ko‘p ming kishilik namoyishlar bo‘lib o‘tdi.
– 1919 – Andijon teatri tashkil topdi.
– 1922 – RSFSR tarkibida Checheniston avtonom viloyati tashkil etildi.
– 1925 – Turkiyada darveshlar harakati taqiqlovchi qonun qabul qilindi.
– 1939 – Muqumiy nomidagi О’zbek davlat musiqali drama teatri o’z faoliyatini boshladi.
– 1939 – Sovet-fin urushi boshlanishi: Sovet armiyasi Finlyandiya chegarasini kesib o‘tib, Helsinki va boshqa bir qancha shaharlarni bombardimon qildi.
-1954 – AQShning Alabama shtatiga meteorit kelib urildi.
– 1964 – SSSR Zond-2 AMSni Marsga uchirdi.
-1966 – Barbados Buyuk Britaniyadan mustaqillikka erishdi.
-1967 – Yaman Xalq Demokratik Respublikasi Buyuk Britaniyadan mustaqillikka erishdi.
-1967 – Zulfiqor Ali Bhuttoning Pokiston Xalq Partiyasi tashkil etildi.
– 1981 – Sovuq urush: Jenevada Yevropada yadro qurollarini cheklash bo‘yicha Sovet-Amerika muzokaralari boshlandi.
– 2004 – Buenos-Ayresdagi Kromanyon tungi klubidagi yongʻin.