7-dekabr bayramlar, voqealar, tarix – Ilm va faktlar

7-dekabr bayramlar, voqealar, tarix

7-dekabr bayramlar, voqealar, tarix

👉 BAYRAMLAR:

🇺🇳 Xalqaro fuqaro aviatsiyasi kuni.

🔹 MILLIY BAYRAMLAR:

🇺🇦 Ukraina – Ukraina roʻmoli kuni.
🇷🇺 Rossiya, Sankt-Peterburg – Ermitaj kuni.
🇹🇯 Tojikiston – Moliya xodimlari kuni.
🇮🇳 Hindiston – Qurolli kuchlar bayrog‘i kuni.
🇺🇦 Ukraina – Mahalliy o’zini o’zi boshqarish organlari kuni
🇹🇱 Sharqiy Timor – Xotira kuni.
🇮🇷 Eron – Talabalar kuni.
🇦🇲 Armaniston – 1988-yilgi Spitak zilzilasini xotirlash kuni.

👉 VOQEALAR:

– mil.av. 43-yil – Mark Tulliy Sitseron Formiyada Mark Antoniyning buyrug‘i bilan o‘ldirildi.
– 1678 – Lui Enpen Niagara sharsharasini topgan birinchi yevropalik bo‘ldi.
– 1703 – Angliyada Buyuk bo’ron, Britaniya janubida qayd etilgan eng katta bo’ron. Shamol tezligi soatiga 120 milyaga yetdi, 10 000 ga yaqin odam halok bo’ldi va 100 ta kema cho’kib ketdi.
– 1724 – Torunidagi qonli qirg‘in: mahalliy mer boshchiligidagi protestant amaldorlarining Polsha rasmiylari tomonidan shahardagi diniy tartibsizliklardan so’ng qatl etilishi.
– 1732 – Londonda Qirollik teatri – Kovent-Garden ochildi.
– 1769 – Rossiya imperatori Yekaterina II “Muqaddas Buyuk shahid va Georgiy Pobedonosets harbiy ordeni” ni ta’sis etdi.
– 1918 – Ozarbayjon Demokratik Respublikasi parlamentining birinchi majlisi bo‘lib o‘tdi.
– 1941 – II jahon urushi: Yaponiya Pyorl-Xarlborga hujum qildi. AQSh urushga kirdi.
– 1944 – Xalqaro fuqaro aviatsiyasi to’g’risidagi konvensiya imzolandi.
– 1949 – Xitoy poytaxti Nankindan Taypeyga koʻchdi.
– 1972 – “Apollon-17” kosmik kemasi The Blue Marble”ning tasvirini olishga erishdi.
– 1975 – Indoneziya Sharqiy Timorga bostirib kirdi.
– 1982 – Texasda birinchi marta inyeksiya yordamida o‘lim jazosi amalga oshirildi.
– 1984 – Toshkent metropolitenining “Alisher Navoiy”, “O‘zbekiston” va “Toshkent” bekatlari foydalanishga topshirildi.
– 1988 – Armanistonda dahshatli zilzila sodir bo’ldi. 25000 qurbon.
– 1988 – Xitoyda “Buyuk yurish” (“Chanchjen-Bi”, Long March) tashuvchi raketasi kosmosga uchirildi.

Понравилось? Пожалуйста поделитесь с друзьями.