28-dekabr bayramlar, voqealar, tarix – Ilm va faktlar

28-dekabr bayramlar, voqealar, tarix

28-dekabr bayramlar, voqealar, tarix

👉 BAYRAMLAR:

🌏 Xalqaro kino kuni‌‌

🔹 MILLIY BAYRAMLAR:

🇺🇸 AQSh – Milliy qisqa metrajli filmlar kuni.
🇺🇸 AQSh – Sadoqat kuni.
🇹🇯 Tojikiston – Milliy xavfsizlik xodimlari kuni.
🇦🇿 Ozarbayjon – Himoyachi advokat kuni.
🇹🇭 Tailand – Qirol Taksin xotirasi kuni.
🇷🇺 Rossiya – Qalmoqlar deportatsiyasi qurbonlarini xotirlash kuni.

👉 VOQEALAR:

– 1065 – Londonda Vestminster abbatligi muqaddas qilindi.
– 1810 – Britaniyaning “Elizabet” kemasi Irlandiya qirg’oqlari yaqinida bo’ron paytida halokatga uchradi; 400 ga yaqin kishi halok bo’ldi.
– 1869 – Ogayo (AQSh) da Uilyam Sempl saqichli rezinkani patentladi.
– 1895 – aka-uka Lyumyerlar kinematografni namoyish qilishdi.
– 1895 – nemis fizigi Rentgen Vyursburgda rentgen nurlarini topganini e’lon qildi.
– 1905 – Sochi Respublikasining tashkil topishi.
– 1908 – Messina zilzilasi. 75000  qurbon.
– 1943 – SSSR Oliy Kengashi Prezidiumining Qalmog’iston ASSRni tugatish to’g’risidagi farmoni bilan NKVD qo’shinlari tomonidan qalmoqlarni Sibir va Uzoq Sharq viloyatlariga quvib chiqarish operatsiyasi o’tkazildi. 91919 ta qalmoq Qalmog‘iston ASSRdan deportatsiya qilindi.
– 1948 – bortida 32 kishi bo’lgan AQSh harbiy-havo kuchlarining Duglas DC-3 samolyoti Karib dengizi ustida g’oyib bo’ldi.
– 1964 – Binzya yaqinidagi jang.
– 1973 – Parijda Aleksandr Soljenitsinning „GULAG Arxipelagi“ romani chop etildi.
– 1968 – Bayrut xalqaro aeroportida isroil maxsus xizmati 14 ta samolyotni yo‘q qilishdi.
– 1973 – Jizzax viloyati tashkil topdi.
– 1991  – Suriya Arab Respublikasi, Xorvatiya Respublikasi va Yaponiya O’zbekiston suverenitetini tan oldi.
– 1992 – Imom Buxoriy xalqaro jamg’armasi tashkil etildi.
– 1999 – Saparmurot Niyozov Turkmanistonning umrbod prezidenti etib saylandi.
– 2000 – Shahrisabz shahri YuNESKO ro‘yxatiga kiritildi.
– 2005 – Mustaqillik monumenti oldida Baxtiyor ona siymosi ifoda etilgan muazzam haykal qad rostladi. Ushbu majmuaga “Mustaqillik va ezgulik monumenti”, deb nom berildi.
– 2007 – Nepal Federativ demokratik respublika deb e’lon qilindi.
– 2011 – KXDRda mamlakat rahbari Kim Chen Irning dafn marosimi bo’lib o’tdi.
– 2014 – Indonesia AirAsia kompaniyasining Airbus A320 samolyoti Yava dengizida qulab tushdi, 162 kishi halok bo’ldi.
– 2017 – “Kelajak bunyodkori” medali ta’sis etilgan.

Понравилось? Пожалуйста поделитесь с друзьями.